» » Alisher Usmonovga tegishli Mail.ru Group direktorlar kengashining sobiq raisi dunyo yetakchilari ro‘yxatiga kirdi

Alisher Usmonovga tegishli Mail.ru Group direktorlar kengashining sobiq raisi dunyo yetakchilari ro‘yxatiga kirdi


Rossiyalik milliarder, Alisher Usmonovga tegishli Mail.ru Group direktorlar kengashining sobiq raisi Yuriy Milner Fortune jurnali versiyasi bo‘yicha dunyo yetakchilari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

“Investorga aylangan rossiyalik fizik Facebook va Airbnb kabi texnologik kompaniyalarga tayanib, o‘zining milliardlarini ishlab oldi. U o‘zga sivilizatsiyalarni qidirish bo‘yicha loyihani ham qo‘llab-quvvatamoqda”, — deya o‘z qarorini izohlagan jurnal tahririyati.

Yuriy Milner 2005-yilda Digital Sky Technologies investitsiya fondiga asos solgan, mazkur fondga keyinchalik Alisher Usmonov investitsiyalar kiritgandi. Forbes uning bugungi kundagi mol-mulkini 2,8 milliard dollar baholamoqda.

Chicago Cubs beysbol klubi prezidenti Teo Epshteyn 50 kishidan iborat Fortune reytingi yetakchisiga aylandi. Uning rahbarligi ostida jamoa 108 yil mobaynida birinchi bor AQSh chempionatida g‘olib chiqdi.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют