» » Toshkentda “tonirovka”ni vositachi orqali hal qilmoqchi bo‘lgan shaxs 22 mln so‘mdan ayrildi

Toshkentda “tonirovka”ni vositachi orqali hal qilmoqchi bo‘lgan shaxs 22 mln so‘mdan ayrildi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasiga 2-oktabr kuni 34 yoshli Abdurasul N.dan murojaat kelib tushgan.

Unda aytilishicha, 2019-yilning may oyida 46 yoshli Shavkat R. uning ishonchiga kirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBda tanishlari borligini bildirib, avtomobil uchun tonirovkaga ruxsat va “chiroyli” davlat raqami olib berishini va’da qilgan.

Buning uchun Shavkat R. Abdurasul N.dan 22 million so‘m olgan, ammo o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Ishonuvchanligingizdan foydalanmoqchi bo‘lgan notanish odamlardan ehtiyot bo‘ling. Avtomobil oynalarining tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnomani va davlat raqamini xarid qilish uchun tegishli idoralarga rasman murojaat qiling”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga doir:

4-sentabrdan banklarda “tonirovka” uchun ruxsatnoma berish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda noto‘g‘ri “tonirovka”langan mashinalar jarima maydonchasiga tushishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют