» » Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti hujayrani tadqiq qilgan bir guruh olimga berildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti hujayrani tadqiq qilgan bir guruh olimga berildi


Bugun Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Nobel haftaligi ochildi va odatga ko‘ra birinchi bo‘lib tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha 2019-yilgi mukofot egalari e’lon qilindi. Bu yo‘nalish bo‘yicha Nobel sovrindorlarini Karolin instituti e’lon qiladi.

Bu safargi tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti Uilyam Kelin, ser Piter Retkliff, hamda Gregg Semensega topshiriladigan bo‘ldi. Ularning ilmiy ishi hujayralarning kislorod mavjudligini aniqlashi va unga moslashishi mexanizmlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan.

Bilamizki, tirik organizmlarga kislorod ozuqani foydali energiyaga aylantirish uchun g‘oyat zarur. Kislorodning fundamental ahamiyatini odamzod bir necha asrdan buyon yaxshi biladi albatta. Lekin, hujayra miqyosida kislorodning qanday aniqlanishi, uning miqdorining o‘zgarishlariga hujayra qanday moslashishi mexanizmlari noma’lum edi.

Yuqorida ismi-sharifi qayd etilgan olimlar muhitda kislorodning mavjudligi va uning miqdoriy o‘zgarishlarini hujayralar qanday aniqlashi mexanizmlarini tadqiq qilishgan. Ular genlarning kislorod miqdoriga nisbatan faollik ko‘rsatishi jarayonini boshqaruvchi molekulyar mexanizmlarni aniqlashgan.

Qisqa qilib aytganda, joriy yilgi Nobel egalarining kashfiyotlari hayot uchun eng muhim bo‘lgan moslashuv jarayonlarini ochib berdi. Ularning ilmiy ishlari tufayli biz kislorod miqdorining metabolizm jarayonlariga va organizmning fiziologik funksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilib oldik. Ushbu kashfiyotlar natijasida tibbiyotda yaqin yillarda anemiya (kamqonlik), saraton va boshqa kasalliklariga qarshi kurashda yangi strategik yo‘nalishlar ochilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют