» » Andijonda maktab direktor o‘rinbosari darsga kech qolgan pedagog ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklandi

Andijonda maktab direktor o‘rinbosari darsga kech qolgan pedagog ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklandi


Andijon viloyatining Andijon shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘rinbosari darsga formasiz holda kech qolib kelgan pedagog ayolning turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘qituvchi va o‘quvchilar ko‘z o‘ngida, maktab hovlisida kaltaklangan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur voqea 5-oktabr, shanba kuni yuz bergan. O‘sha kuni maktabda soat 13:20 da ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.O‘. hamda Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi G‘.A. tomonidan kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan matematika fani o‘qituvchisi D.Yu.ga og‘zaki ogohlantirish berilgan. Biroq D.Yu. ularga qarshilik qilgan va o‘rtada tortishuv kelib chiqqan.

Tortishuv natijasida D.Yu. ularga turmush o‘rtog‘i bilan tahdid qilgan. Soat 13:35 da D.Yu.ning turmush o‘rtog‘i hamda uning do‘sti maktabga bostirib kirib Sh.O‘. hamda G‘.A.ni maktab kirish qismida temir tayoq bilan do‘pposlagan. Bezorilar janjalni to‘xtatishga uringan o‘qituvchilarni yomon so‘zlar bilan haqorat qilib, ularni ham do‘pposlashga uringan.

Ushbu holat bo‘yicha boshqa pedagoglar tomonidan zudlik bilan shoshilinch tez tibbiy yordamga hamda hududiy profilaktika inspektorlariga xabar berilgan.

Soat 14:00 da profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib kelgan, lekin bu vaqtda D.Yu.ning turmush o‘rtog‘i hamda uning do‘sti hodisa sodir etilgan joydan ketib qolgan edi.

Jabr ko‘rganlar shoshilinch tez tibbiy yordam navbatchi shifokorlari tomonidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga olib ketilgan.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, Sh.O‘. miya chayqalishi, burun sinishi, yuz o‘ng qismining ko‘zi atrofi hamda oyoqlarining tizza qismi qattiq zarba natijasida jarohatlangani, G‘.A.ning miya chayqalishi, burun va ikki tishi sinishi, badani hamda chap qo‘li zarbadan qattiq jarohatlangani aniqlangan. Barcha muolajalar o‘z vaqtida qilinganligi sababli hozirda jabrlanuvchilarning sog‘lig‘i yaxshi holatda hamda doimiy shifokorlar nazoratida turibdi. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tergovoldi tekshiruv ishlari olib bormoqda.

Avvalroq Surxondaryodagi maktabda rafiqasi bilan janjallashgan erkak xotini va ularni ajratmoqchi bo‘lgan maktab direktorini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют