» » Surxondaryoda geografiya o‘qituvchisi “quloqsiz” o‘quvchini ko‘rgazmali tayoq bilan urib jarohatladi

Surxondaryoda geografiya o‘qituvchisi “quloqsiz” o‘quvchini ko‘rgazmali tayoq bilan urib jarohatladi


18-fevral kuni soat 9:00 larda Denov tumani 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi A.E ushbu maktabning 5 “B” sinfida dars mashg‘ulotlarini o‘tayotgan vaqtida o‘quvchi A.I darsga halaqit berib jim o‘tirmaganligi sababli, qo‘lida bo‘lgan ko‘rgazmali tayoq bilan uning chap qo‘li sohasiga bir marta urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Denov tuman tibbiyot birlashmasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, voyaga yetmagan A.Ining chap yelka suyagi disptor qismi qoniqarli holatda turishi va qontalash kabi shikast borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor o‘rinbosari Sh.M, psixologlar Z.Q, S.M, sinf rahbari N.X o‘z tushuntirishlarida maktabning 5 “B” sinf o‘quvchisi A.I 2018—2019-o‘quv yili jarayonida o‘zining yomon xulqi va og‘ir tarbiyasi bilan maktab ma’muriyati, maktab psixologlari va sinf rahbarini dars berish jarayonida turli muammolar chiqarib kelayotganligi, 18-fevral kuni o‘quvchi A.I o‘qituvchi A.Ega dars jarayoniga halaqit berganligi sababli, o‘qituvchi ko‘rgazmali tayoq bilan qo‘liga urishga majbur bo‘lganligi, shundan so‘ng A.I onasi M.N maktabga kelib o‘qituvchi A.Eni haqorat qilganligini bayon qilgan.

Voyaga yetmagan 2007-yilda tug‘ilgan A.I o‘z tushuntirishida 18-fevral kuni soat 9:00 larda dars vaqtida o‘qituvchi undan oldin uch kishini jim o‘tir deb, keyin uning oldiga kelib, nimaga jim o‘tirmaysan, darsga halaqit berding deb chap qo‘l sohasiga bir marta tayoq bilan urganligini, shifoxonaga borib ko‘rinib qo‘liga gips bog‘lam qo‘yilganligini, shifoxonada yotib davolanmaganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan 1960-yilda tug‘ilgan A.E o‘z tushuntirishida 18-fevral kuni soat 9:00 larda geografiya fani darsida o‘quvchi A.I jim o‘tirmasdan bolalarni tinchligini buzganligi uchun qo‘lida bo‘lgan ko‘rgazmali tayoq bilan uning chap qo‘liga bir marta urganligini, lekin qattiq urmaganligini, A.I har doim darsida buzg‘unchilik qilib kelganligini, ilgari darslarida o‘qituvchi o‘tiradigan stolga kley surtib qo‘yganligini, bu holat bo‘yicha sinf rahbariga aytib uni ogohlantirganligini bildirgan.

Bundan tashqari holat yuzasidan 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5 “B” sinf o‘quvchilari M.B va N.N o‘z tushuntirishlarida 18-fevral kuni birinchi soat dars geografiya bo‘lganligi sababli, o‘qituvchi A.E kirib kelib dars o‘tayotgan vaqtda sinfdoshi A.I dars vaqtida o‘qituvchiga har xil qiliqlar qilib, nojo‘ya so‘zlarni aytganligini, o‘qituvchi jim o‘tir degan vaqtida ham jim o‘tirmaganligini, o‘qituvchi qo‘lida bo‘lgan ko‘rgazmali tayoq bilan uning chap qo‘l sohasiga bir marta urganligini, keyingi dars soati vaqtida A.I uyiga ketib qolganligini bayon qilgan.

Holat yuzasidan 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5 “B” sinf rahbari N. X o‘z tushuntirishida A.Ining xulqi yomon ekanligini, dars vaqtida ham har xil buzg‘unchilik ishlari bilan shug‘ullanib kelganligini, 23-yanvar va 5-fevralda A.I dars jarayonida geografiya o‘qituvchisi A.E dars o‘tishga kelgan vaqtida, u o‘tiradigan stulga kley surtib qo‘yganligini, bu holat bo‘yicha maktab rahbariyati nomiga bildirish xati berib, muhokama qilganligini, holatni A.Ining ota-onasiga ham aytganligini, 18-fevral kuni ham birinchi soat darsi vaqtida yana A.I dars vaqtida buzg‘unchilik qilib o‘qituvchi A.Ega gap qaytarib, har xil qiliqlar qilganligi sababli o‘qituvchi ko‘rgazmali tayoq bilan uning qo‘l sohasiga urganligini bayon etgan.

Voyaga yetmagan A.Iga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют