» » Prokuratura “Daryo”da chiqqan maqoladan so‘ng, bir uyni ikki kishiga sotgan quruvchiga nisbatan jinoyat ishi ochdi

Prokuratura “Daryo”da chiqqan maqoladan so‘ng, bir uyni ikki kishiga sotgan quruvchiga nisbatan jinoyat ishi ochdi


Avvalroq, Qarshi shahrida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan biri 2 ta shartnoma asosida ikki nafar xaridorga sotilgani va prokuratura bunga befarq ekanligi haqida xabar berilgandi. Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ushbu maqolaga munosabat bildirdi.

Prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, maqolada tilga olingan holatlar o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida, “Shovot maxsus qurilish bino” MChJ rahbari Dilmurod O‘taganovga nisbatan notarius tomonidan taqiq qo‘yilgan bo‘lib, yangi qurilgan uy-joylarni tasarruf etish huquqi berilmagan.

Shunday bo‘lsada, quruvchi Dilmurod O‘taganov yangi qurilgan uy-joylarni xaridorlarga rasmiylashtirib berishini aytib, odamlarning ishonchiga kirgan. Va 1 milliard 457 million 276 ming so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Dilmurod O‘taganovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat IIB tergov bo‘limi tomonidan boshlab yuborilgan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda bir uy ikki xaridorga pullandi. Prokuratura nega sukut saqlamoqda?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2019, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют