» » Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan axborot berdi

Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan axborot berdi


Bosh prokuratura Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 6 nafar fuqaro “Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi” tashxisi bilan yotqizilgani borasidagi vaziyat yuzasidan axborot berdi.

Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar 6-oktabr kuni shahardagi “Siyob” dehqon bozori hududida joylashgan ovqatlanish do‘konchasidan xot-dog mahsulotlarini xarid qilib, iste’mol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib shifoxonaga murojaat qilgan.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 24 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan yotqizilgani haqida xabar bergandi.

“Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo‘lib davolash muolajalari davom etmoqda. Mazkur zaharlanish holati yuzasidan xot-dog tayyorlash do‘konchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют