» » Toshkentda “Oqtepa lavash”da ovqatdan zaharlanganlar soni 41 nafarga yetdi

Toshkentda “Oqtepa lavash”da ovqatdan zaharlanganlar soni 41 nafarga yetdi


Toshkentdagi “Oqtepa lavash” yemakxonalarida ovqatdan zaharlanganlar soni 41 kishiga yetdi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 7-iyun soat 14:00 ga qadar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 29 nafar, shahar 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 8 nafar, shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2 nafar bemor ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana harorati ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.

Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, “Ovqat toksikoinfeksiyasi”, “O‘tkir ichak kasalligi” va “O‘tkir diareya” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda shifoxonada bemorlardan laboratoriya tahlillari uchun tegishli barcha namunalar olinib, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Mazkur shifoxonalar va uning bo‘limlari zarur dori-darmonlar, infuzion eritmalar, bir marotaba ishlatiladigan shprits va sistemalar bilan yetarli miqdorda ta’minlangan.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik tekshiruv natijasiga ko‘ra, bemorlarning 16 nafari o‘z kasalliklarini Mirobod tumani “Qo‘yliq-5” massivida joylashgan, 19 nafari Sergeli tumani Sergeli-8 mavzesida, 3 nafari Uchtepa tumanida, 1 nafari Shayxontohur tumanidagi Chorsu bozori hududida, 1 nafari Olmazor tumanida joylashgan “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni va yana bir nafar fuqaro buyurtma asosida keltirilgan mahsulotni o‘z xonadonida iste’mol qilganliklari bilan bog‘lashmoqda.

Qayd etilishicha, yuz bergan ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Vazirlik yuzaga kelgan epidemik vaziyat joyiga chiqib o‘rganib, bemorlarga va mutaxassislarga o‘z vaqtida har jihatdan amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Hozirda shifoxonada davolanayotgan bemorlarning ahvoli qoniqarli, og‘ir bemorlarning yo‘qligi sabab bugun kunning ikkinchi yarmida ularning bir guruhiga uylariga ketish uchun ruxsat beriladi va bemorlar o‘zlari ro‘yxatda turgan hududdagi oilaviy poliklinikalar nazoratiga olinib, patronaj xizmati bilan qamrab olinadi.

Avvalroq Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlangani, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘irligi haqida xabar berilgan edi. Zaharlanish “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tayyorlangan tovuqli sendvichni iste’mol qilganliklari bilan bog‘lanayotganligi sababli “Oqtepa lavash” javobgarlikni to‘liq o‘z bo‘yniga olganligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют