» » Bishkekdagi restoranda o‘tkazilgan to‘yda ovqatdan zaharlanganlar soni 232 kishiga yetdi

Bishkekdagi restoranda o‘tkazilgan to‘yda ovqatdan zaharlanganlar soni 232 kishiga yetdi


Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi restoranlardan birida nishonlangan to‘y marosimi vaqtida ovqatdan zaharlanganlar soni 232 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Bishkekdagi Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 198 kishi, viloyat shifoxonasiga 34 kishi murojaat qilgan. Murojaat qilganlarning 131 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Alatau” restoranida 30-mart kuni nishonlangan to‘y marosimiga tashrif buyurganlar ommaviy ravishda ovqatdan zaharlangan edi. Jabrlanganlarning dastlabkilari 31-mart kuni soat 19:30 dan so‘ng murojaat qilishni boshlangan.

Zaharlanganlar orasidagi ikki nafar bemor jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 2-aprel kuni bemorlar soni 173 kishiga yetgan bo‘lib, ularning 150 nafari Bishkek shahridan, 23 nafari esa respublikaning boshqa tumanlaridan. Ovqatdan zaharlanganlar orasida 14 yoshgacha bo‘lgan 20 nafar bolakay ham bor.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zaharlanish tovuq go‘shtidan tayyorlangan taom va qovurilgan baliq sababli yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют