» » Buxoroda to‘ydagi tuxumbarakdan zaharlanganlar soni 166 nafargacha ko‘paydi

Buxoroda to‘ydagi tuxumbarakdan zaharlanganlar soni 166 nafargacha ko‘paydi


Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Diyor” to‘yxonasida 25-sentabr kuni o‘tkazilgan to‘yda tuxumbarak yeb, zaharlanganlar soni 166 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq tuxumbarakdan 90 kishi zaharlangani haqida xabar berilgan edi. 27-sentabr soat 10:00 gacha Romitan tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limiga jami 166 nafar fuqaro murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Buxoro viloyatida 90 kishi to‘ydagi ovqatdan zaharlandi

Ular ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlikdan shikoyat qilgan. Ularga “O‘tkir diareya. Ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan.

“Bemorlarning holati qoniqarli, og‘ir kasallar yo‘q, ularning barchasiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, murojaat qilganlarning 72 nafariga ahvoli yaxshilangani tufayli uyiga javob berilgan. Ayni vaqtda 92 nafar bemor tumanda, 2 nafar bemor esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

SSVning alohida qayd etishicha, hududdagi epidemik vaziyat alohida nazoratga olingan. Tumanga SSV mas’ullari va bir guruh yetakchi mutaxassislar yuborilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-09-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют