FVV Issiqko‘ldagi YTHda jarohatlanganlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi
2017-yilning 3 avgustida Qirg‘izistonning “Issiqqo‘l — Bishkek” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida turli darajadagi tan jarohati olgan 6 nafar fuqaro Toshkentdagi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Mavzuga doir: Videoreportaj: Issiqko‘lda YTHga uchragan vatandoshlarning O‘zbekistonga olib kelinishi
Shundan so‘ng jabrlanganlar kompyuter tomografiyasi, rentgen, UTT, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilib, malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi.
Hozirgi vaqtda jabrlanganlarning ahvoli quyidagicha:
2006-yilda tug‘ilgan Orlov Igor Sergeyevich — opretsiya qilingan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
2006-yilda tug‘ilgan Orlova Veronika Sergeyevna — malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1976-yilda tug‘ilgan Orlova Yelena Aleksandrovna — malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1952-yilda tug‘ilgan Obyedkova Lyudmila Aleksandrovna — malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
1969-yilda tug‘ilgan Xan Janna Mixaylovna — malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va palataga o‘tkazilgan, ahvoli yaxshilanmoqda.
2004-yilda tug‘ilgan Li Yana Andreyevna — malakali tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshi bo‘lganligi uchun uyiga javob berilgan.
“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling
Добавить комментарий!
