» » Buxoro viloyatida 90 kishi to‘ydagi ovqatdan zaharlandi

Buxoro viloyatida 90 kishi to‘ydagi ovqatdan zaharlandi


Buxoro viloyati Romitan tumanida 26-sentabr kuni tongi soat 5:30 dan boshlab, 18:40 gacha jami 90 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik kabi kasallik belgilari bilan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ular “O‘tkir diareya, ovqatdan zaharlanish” tashxisiga gumon qilinib, shifoxonaga yotqizilgan. “Ayni paytda mazkur shifoxona va uning bo‘limlari zarur dori-darmonlar, infuzion eritmalar, bir marotaba ishlatiladigan shprits va sistemalar bilan yetarli miqdorda ta’minlangan”, — deyiladi SSV axborotida.

Bemorlar bilan o‘tkazilgan suhbat davomida barcha bemorlar o‘z kasalliklarini 25-sentabr kuni oqshom tuman markazidagi “Diyor” to‘yxonasida o‘tkazilgan nikoh to‘yi dasturxoniga tortilgan tuxum-barakni iste’mol qilish bilan bog‘lagan.

Yuzaga kelgan epidemik vaziyatni joyiga chiqib o‘rganish, bemorlarga va mahalliy mutaxassislarga o‘z vaqtida har jihatdan amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul mutaxassislarilari, jumladan, respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori A.Xudayorov, respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi B.Almatov, Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori A.Abdushukurov va bir guruh yetakchi mutaxassislar Buxoro viloyati Romitan tumaniga yuborilgan.

Ayni paytda aksariyat bemorlarning ahvoli barqarorlashgan. Shu sabab sog‘lig‘i tiklangan 25 nafar fuqaroga uyiga ruxsat berilgan. “Buxoro viloyati Romitan tumanida kuzatilgan epidemik vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan”, — deyiladi SSV axborotida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют