» » Sakkiz yildan beri yashirinib yurgan shofirkonlik omborxona mudiri Rossiyada ekanligi aniqlandi

Sakkiz yildan beri yashirinib yurgan shofirkonlik omborxona mudiri Rossiyada ekanligi aniqlandi


Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “Qidiruv va Tozalash” tadbirlari davomida, Shofirkon tumanidagi “Qishloq xo‘jalik kimyo” filialining fosforli o‘g‘itlar bo‘yicha markaziy omborida mudir lavozimida ishlab, o‘z mansab mavqeini suiiste’mol qilib qochib ketgan fuqaro qayerda ekanligi aniqlandi, deb xabar berdi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Markaziy ombor mudiri A.Ishigov jami 4916656 kilogramm miqdoridagi 90 million so‘mlik mineral o‘g‘itlarni o‘zlashtirish va “rastrata” qilish yo‘li bilan talon-taroj sodir etganligi sabab, Shofirkon tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan 2009-yilda unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u shu kunga qadar qidiruvda bo‘lgan.

Shofirkondan bo‘lgan ushbu fuqaro Buxoro viloyat IIB PPX va JTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan Rossiyasining Orenburg viloyati hududida yashirinib yurganligi aniqlangan. Unga nisbatan barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgan va Shofirkon tuman IIB TBga taqdim qilingan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют