» » Farg‘onada qariyb 12 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlagan jinoyatchi ushlandi

Farg‘onada qariyb 12 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlagan jinoyatchi ushlandi


Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida mahalliy fuqaroning uyidan 11,6 million so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro Soliyev 24-aprel kuni tuman IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 11:30 da noma’lum shaxslar xonadonidan unga tegishli bo‘lgan jami 11,6 million so‘mlik tilla buyumlarni, 303 AQSh dollari, 80 Rossiya rubli hamda 425 ming so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan”, — deyiladi xabarnomada.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro Sheraliyev sodir etganligi aniqlandi.

Surishtiruv harakatlari davomida jabrlanuvchiga tegishli  jami tilla buyumlar va pul qaytarildi.

Ushbu holat yuzasidan hozirda tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют