» » Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan boshqa viloyatlarda qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan boshqa viloyatlarda qidiruvda bo‘lgan 6 nafar shaxs ushlandi


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan barcha tuman-shahar Ichki ishlar bo‘limlari va Yo‘l patrul xizmati maskanlariga “Axborot integrallashgan bazasi” o‘rnatildi. Ushbu bazani o‘rnatilishi xodimlarga bir qator yengilliklar bermoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jumladan, baza jinoyat sodir etganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va boshqa viloyatlar IIBlari tomonidan qidiruv e’lon qilinib, Sirdaryo viloyati hududida yashirinib yurgan shaxslarni aniqlashda yordam bermoqda.

Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ushbu zamonaviy texnologiyadan foydalanib olib borilgan tadbirlar natijasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan ikki nafar, Samarqand viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan bir nafar, Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvda bo‘lgan bir nafar, Toshkent viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan bir nafar, Jizzax viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan bir nafar shaxs Sirdaryo viloyati hududida ushlandi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют