» » O‘zbekistonda 2017—2018-yillarda ta’mirlanadigan ichki yo‘llar va ko‘chalar tasdiqlandi

O‘zbekistonda 2017—2018-yillarda ta’mirlanadigan ichki yo‘llar va ko‘chalar tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017-yilning 14-fevral kuni imzolagan “2017—2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ikki yil davomida ta’mirlanadigan mamlakatdagi ichki yo‘llar va ko‘chalar viloyatlar va tumanlar kesimida tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” AK matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 295 kilometr, Andijon viloyati bo‘yicha – 324 kilometr, Buxoro viloyati bo‘yicha – 439 kilometr, Jizzax viloyati bo‘yicha – 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha – 679 kilometr, Navoiy viloyati bo‘yicha – 216 kilometr, Namangan viloyati bo‘yicha – 309 kilometr, Samarqand viloyati bo‘yicha – 479 kilometr, Surxondaryo viloyati bo‘yicha – 535 kilometr, Sirdaryo viloyati bo‘yicha – 267 kilometr, Toshkent viloyati bo‘yicha – 516 kilometr, Farg‘ona viloyati bo‘yicha – 520 kilometr, Xorazm viloyati bo‘yicha – 321 kilometr va Toshkent shahri bo‘yicha – 332 kilometr yo‘llar va ko‘chalarni ta’mirlash nazarda tutilgan.

Mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq 2017—2018-yillar davomida xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko‘chalarini to‘la va joriy ta’mirlashning asosiy parametrlari aniqlandi.

Ushbu ro‘yxat bilan mana bu link orqali tanishishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют