» » Andijonda 200 ga yaqin kishi muzqaymoqdan zaharlandi. Asosiy ma’lumotlar

Andijonda 200 ga yaqin kishi muzqaymoqdan zaharlandi. Asosiy ma’lumotlar


Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 15-may kuni kamida 186 kishi bir xil simptomlar bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Suhbatlar vaqtida bemorlarning barchasi 14-may kuni tuman markazidagi qahvaxonada muzqaymoq iste’mol qilganini ma’lum qilgan.

Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hodisa oqibatida halok bo‘lganlar borligi haqidagi xabarlarni rad etdi. 15-may kuni ertalab 120 kishi, kun oxirigacha qadar esa jami 186 kishi tinimsiz ich ketish, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, umumiy holsizlik kabi kasallik belgilaridan shikoyat qilib, kasalxonalarga murojaat qilgan. Bemorlarning barchasi tuman tibbiyot birlashmasining turli bo‘limlariga joylashtirilgan.

Ayni vaqtda, 15-may kuni kasalxonaga murojaat qilganlarning 5 nafari reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani, keyinchalik — vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargani sabab, ular umumiy palataga o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 81 kishi ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun uyiga qaytarilgan. Qolgan bemorlarning ahvoli yengil ekani aytilmoqda.

Bemorlarning barchasi 14-may kuni Shahrixon markazida frezerli muzqaymoq iste’mol qilganini aytgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, Amir Temur ko‘chasida joylashgan “Maks” qahvaxonasida muzqaymoq sotish bilan shug‘ullanib kelgan yakka turdagi tadbirkor “o‘zi yashaydigan uyda noqonuniy ravishda muzqaymoq uchun qorishma tayyorlab kelgan”, muzqaymoq qorishmalari “oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bo‘lishga mo‘ljallanmagan plastmassa idishlar”da saqlangan. Shuningdek, nomi ko‘rsatilgan qahvaxonada muzqaymoq sotish uchun hech qanday ruxsatnoma olinmagan.

Hodisa sabab O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya shifokori va boshqa mas’ullar Shahrixonga yetib borgan. Vaziyatni joylarga kelib o‘rganish uchun sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh davlat sanitariya shifokori Saidmurod Saidaliyev, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev, Epidemologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar tekshirish instituti direktori A.Abdushukurov va boshqa yetakchi mutaxassislar Shahrixonga zudlik bilan yetib kelgan. Shahardagi barcha muzqaymoq sotuvchilar taftish qilingan. Ayni vaqtda tekshiruvlar davom etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют