» » Lahordagi portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Lahordagi portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi


Pokistonning Lahor shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, portlash Panjob shtati qonunchilik kengashi binosi oldida, norozilik namoyishi davom etayotgan bir vaqtda yuz bergan.

Namoyishchilar dori vositalarini sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi ko‘chaga chiqqan edi.

Portlash ro‘y bergan vaqtda maydonda bir necha yuz kishi bo‘lgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar orasida politsiya xodimlari ham bor.

Hodisa munosabati bilan rasmiy Islomobod jangovar tayyorgarlikning qizil darajasini e’lon qilgan. Maxsus xizmatlar Lahorda terakt ehtimoli borligi haqida 7-fevraldayoq ma’lum qilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют