» » Shahrixon tumani hokimi o‘zgardi

Shahrixon tumani hokimi o‘zgardi


31-mart kuni Andijon viloyati Shahrixon tuman xalq deputatlari Kengashining sessiyasi o‘tkazildi. Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Xabar berishlaricha, tuman hokimi Odiljon Soliyev ishdan olinib, uning o‘rniga shu vaqtgacha Paxtaobod tumanini boshqarib kelgan Hikmatullo Dadaxonov tayinlangan.

Hikmatullo Dadaxonov 1976-yilda tug‘ilgan, 1998-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

1998-yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida chorvachilik bo‘limi ishchisi sifatida faoliyatini boshlagan Dadaxonov 2009—2015-yillarda Jalaquduq tumani hokimi o‘rinbosari, 2015-yildan boshlab esa Paxtaobod tumani hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют