» » Bekoboddagi nikoh to‘yi va qiz bazmidan so‘ng 55 kishi ovqatdan zaharlandi

Bekoboddagi nikoh to‘yi va qiz bazmidan so‘ng 55 kishi ovqatdan zaharlandi


Bekobod shahrida 30—31-mart kunlari 55 kishi, jumladan, olti bola “O‘tkir gastroenterit. Ovqat toksikoinfeksiyasi” tashxisi bilan kasalxonalarga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, 30-mart kuni soat 6:20 dan 31-mart soat 14:30 gacha bo‘lgan oraliqda tana haroratining ko‘tarilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, bo‘g‘imlarda og‘riq kabi shikoyatlar bilan 50 kishi Bekobod shahar tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga, 4 kishi tug‘uruq bo‘limiga va yana bir kishi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti shifoxonasiga murojaat qilgan hamda “O‘tkir gastroenterit. Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan davolanishga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ularning bir qismi 28-mart kuni Bekobod shahridagi “Baxt uyi”da tashkil etilgan nikoh to‘yida, yana bir qismi “Dildora” to‘yxonasida o‘tkazilgan qiz bazmida qatnashgan. Qayd etishlaricha, nikoh to‘yida 300 kishi, qiz bazmida esa 280 mehmon qatnashgan.

Har ikkala muassasada dasturxonga Bekobod shahridagi “Nodirbek omad baraka” xususiy korxonasiga qarashli “Istiqlol” kafesi tomonidan tayyorlangan “Mujskoy kapriz”, “Yaponcha”, “Qirolicha”, “Ot shefa”, “Pikantniy”, “Olivye”, “Go‘shtli bodring” salatlari, norin, chuchvara, lo‘la-kabob, ugra, bifstrogan taomlari tortilgan.

“Shifoxonada bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, dori-darmon zaxiralari yetarli. Bemorlarning umumiy ahvoli o‘rtacha og‘irlikda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Bemorlardan ikki nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani uchun, ularga uylariga javob berilgan. Yana yetti nafar bemor ambulatoriya sharoitida tibbiy yordam olganidan so‘ng, ahvoli qoniqarli bo‘lgach, uylariga ketishga ruxsat berilgan.

30-mart kuni Toshkentdan bir guruh mutaxassislar, jumladan, Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh vrachi B.Almatov Bekobodga yuborilgan. Bemorlardan olingan biologik namunalar Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriyasiga taqdim etilgan.

“Yuzaga kelgan epidemik vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olingan”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют