» » Sergelida yangi qurilgan uylar yonida 2 ta yangi maktab qad rostlamoqda (video)

Sergelida yangi qurilgan uylar yonida 2 ta yangi maktab qad rostlamoqda (video)


Sergeli tumani Sergeli 5A mavzesida yangi ko‘p qavatli uylar yonida 2 ta yangi maktab qurilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Sergeli 5A massivida yangi ko‘p qavatli uylar qurilgan, lekin bog‘cha va maktab yo‘qligi sababli ota-onalar bolalarini uzoqdagi maktab va bog‘chalarga olib borgan. Hozirda 2 ta yangi maktab qurilishi yakunlanmoqda.

Maktablarning har biri 1 680 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, Toshkent shahar hokimligi va XTV buyurtmasi asosida qurilmoqda. Qurilish maydoni 11 860 kvadrat metrni tashkil etadi.

Qayd etlishicha, qurilayotgan maktablar barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Maktabning 1—2-qavati boshlang‘ich sinflarga, 3—4-qavati yuqori sinflarga mo‘ljallangan.

Maktabda oshxona, 2 ta sport zali, majlislar zali, o‘quv sinflari, sport maydonlari Wi-Fi zonalar, xonalarda elektron doskalar, zamonaviy kompyuterlar va videokuzatuv kameralari bo‘lishi rejalashtirilgan.

Bino 4 ta blokdan iborat bo‘lib, 48 ta sinfni o‘z ichiga oladi. Har bir sinf hozirgi zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlanadi. Maktab hovlisida voleybol hamda basketbol maydonchalari ham bo‘ladi.

Qurilish ishlari noyabr oyida yakunlanishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, ushbu mavzeda maktabgacha ta‘lim tashkiloti ham qurildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют