» » O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalash 2020-yildan boshlab joriy etiladi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalash 2020-yildan boshlab joriy etiladi


2020-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonda davlat xizmatchilari ayrim toifalarining mol-mulkini, daromadlari va xarajatlarini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilmoqda. Prezident qarori loyihasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda qayd etilganidek, u “davlat xizmatchilari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari samaradorligini oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslari faoliyatida shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan”.

Yillik deklaratsiya davlat xizmatchilarining ota-onalari, turmush o‘rtog‘i va farzandlari, shu jumladan, farzandlikka olingan oila a’zolarini qamrab oladi.

Ro‘yxati Prezident tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslarning ayrim toifalari uchun deklaratsiyaga kiritilgan oila a’zolarining kengaytirilgan doirasi belgilanishi mumkin.

Deklaratsiya davlat xizmatchisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda topshirilishi rejalashtirilmoqda. Deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va himoya qilinadi.

Deklaratsiyadagi davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlari to‘g‘risidagi alohida ma’lumotlar umumlashtirilgan shaklda ommaviy ravishda e’lon qilinishi mumkin.

Davlat sirlariga taalluqli bo‘lgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari davlat siri to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalarini hisobga olgan holda daromad va mol-mulk to‘g‘risidagi axborotlarni ma’lumotnoma shaklida taqdim etadi.

Davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolari daromadlari, mol-mulki va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi operatori funksiyasi davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etish taklif etiladi.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga deklaratsiyalarda axborotning ishonchliligi va to‘liqligini tanlab nazorat qilish huquqini berish rejalashtirilgan.

Deklaratsiyani davlat xizmatchilarining tegishli lavozimlari bo‘yicha ishga qabul qilishda nomzodlar ham taqdim etishlari kerak.

Daromad, mol-mulk va xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmaslik, yoxud ular tomonidan mol-mulk, daromad va xarajatlar to‘g‘risida to‘liq yoki ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish, agar bunday ma’lumotlarni taqdim etish majburiy bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish yoki ishga qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

1-dekabrga qadar davlat xizmatchilarining mol-mulki, daromadlari va xarajatlari ro‘yxatini tasdiqlash rejalashtirilgan va 1-yanvarga qadar davlat xizmatchilarining mol-mulkini, daromadlarini va xarajatlarini deklaratsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

2020-yildan daromad va mol-mulkini kimlar deklaratsiyalashi kerak:

2021-yildan:

2022-yildan:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют