» » Davlat xizmatchisi qanday odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak?

Davlat xizmatchisi qanday odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak?


“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni hayotga tatbiq etish maqsadida qabul qilingan 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturiga muvofiq, davlat organlari xodimlariga axloq qoidalari treninglar, seminarlar va davra suhbatlari orqali tushuntirilmoqda, deya xabar berdi O‘zA.

Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatida qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik va xizmat burchiga fidoyilik, davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik, adolatlilik, halollik va xolislik prinsiplariga amal qilishi shart. Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Bu “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”da o‘z aksini topgan.

Shu bilan birga, davlat xizmatchisi xizmat vazifalarini bajarishda davlat prinsiplari va talablariga qat’iy rioya etish, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, yuksak kasbiy darajada bajarish, fuqarolarning huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish, kamsitish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik kabi prinsiplarga amal qilishga majbur.

Davlat xizmatchilari korrupsiya holatlariga qarshi kurashishi va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashishi shart.

Bundan tashqari, mazkur qoidalarda davlat xizmatchisining xizmatdagi xulq-atvori, kiyinishi, odamlar orasida o‘zini qanday tutishi kerakligi kabi va boshqa me’yorlar qamrab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davlat xizmatchilarining axloqiy qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga bag‘ishlangan seminarda shu haqda so‘z yuritildi.

O‘zbekistonda huquqiy va institutsional asoslarni takomillashtirish va davlat xizmatlarini tartibga solish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Sohani tubdan tartibga solish maqsadida “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlangan.

Lekin ayrim hollarda davlat xizmatchilarining o‘z faoliyatida amal qilishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalarini bilmasligi, ularning aniq bayon etilmasligi va bunday turdagi qoidalarning amal qilinishi ustidan lozim darajadagi nazoratning yo‘qligi davlat xizmati sohasida suiiste’mollik va korrupsiya holatlari kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Seminarda ushbu sohadagi xalqaro tajriba ham e’tibor markazida bo‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan YeXHT va Yevropa Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eksperti Yaroslav Strelchenok davlat xizmatchilarining axloqiy me’yorlari, ularga amal qilinishi uchun monitoring yuritish maqsadga muvofiqligi haqida ma’ruza qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi a’zolari, Bosh prokuratura akademiyasi vakillari, davlat organlari rahbarlari va idoralari muvofiqlashtiruvchilari ishtirok etgan tadbirda davlat xizmatchilari tomonidan axloqiy qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют