» » O‘zbekistonda adliya idoralarining eng namunali xodimlarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistonda adliya idoralarining eng namunali xodimlarini rag‘batlantirish ko‘zda tutilmoqda


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati bo‘yicha reytingida Adliya vazirligi yuqori samaradorlikka erishgan davlat organi, deb topilgan edi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Boshqa idoralarda bu borada sezilarli siljishlar hali ko‘zga tashlanmayotgan bir paytda ko‘p ming kishilik jamoaga ega adliya idoralari yanada yuqori marralarni ko‘zlamoqda. Aniqroq aytganda, tizimda korrupsiyaga umuman yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlovchi ochiqlik va shaffoflikka katta e’tibor qaratilmoqda.

Dasturga ko‘ra haftaning ma’lum kuni adliya organlarida “Huquqiy bilimlar kuni”, 2018-yilning iyul oyi esa barcha adliya organlari va muassasalarida “Odob-axloq oyligi”, deb e’lon qilindi.

Tadbirlar doirasida ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida turli chiqishlar qilinadi. Shuningdek, adliya organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etiladi.

Dasturda adliya organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar ham belgilangan.

Odob-axloq qoidalariga rioya qilgan va xizmat vazifasini vijdonan bajargan eng namunali xodimlarni rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют