» » Davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati bo‘yicha reytingi aniqlandi

Davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati bo‘yicha reytingi aniqlandi


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi faoliyati bo‘yicha reytingi aniqlandi, deb yozadi O‘zA.

Mazkur reytingda Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashishda yuqori samaradorlikka erishgan davlat organlari qatoridan o‘rin oldi.

Adliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida adliya organlari va muassasalari tomonidan yetti mingdan ortiq huquqiy targ‘ibot tadbiri amalga oshirilgan. Sohaga doir ikki o‘quv qo‘llanma, sakkiz risola tayyorlangan. 593 nusxada 133 plakat, 11 mingdan ziyod nusxada 104 buklet tayyorlangan.

Tizimda korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator ichki direktiv hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘z ishiga qanchalik halol va vijdonan yondashayotganini aniqlash maqsadida tegishli buyruq qabul qilinib, muntazam ravishda “sirli mijoz” tadbiri o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida adliya organlari tomonidan 172 “sirli mijoz” tadbiri o‘tkazilib, natijada 64 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan to‘rt nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Davlat notarial idoralari, FHDYo organlari va davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga baho berish uchun 428 reyd o‘tkazildi. Natijada 225 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shundan 198 nafar xodimga “hayfsan”, 24 nafar xodimga jarima jazosi qo‘llanilgan va uch nafar xodim egallab turgan lavozimdan ozod qilingan.

Bundan tashqari, notariat tizimida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarning oldini olish va ularga qarshi keskin kurashish maqsadida 2018-yil 1-fevraldan boshlab notarial harakatlar amalga oshirilganligi uchun to‘lovlarni elektron mobil ilovalar orqali to‘lash tizimi joriy etildi. Bunda to‘lov kvitansiyalari billing tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantirilib, chiqarib beriladi.

Korrupsiyaga qarshi holatlarning oldini olish maqsadida barcha notariuslarga o‘zlari tomonidan undirilgan pullik xizmatning 80 foizi miqdorida qo‘shimcha ustamalar berib kelinmoqda.

Xodimlar xatti-harakatlaridan norozilik haqida kelib tushgan murojaatlar tahlili vazirlikning kengaytirilgan yig‘ilishlarida muhokama qilinib, xodimlarning reytingi shakllantirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют