» » Singapur — O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi

Singapur — O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar guruhi ma’lum bo‘ldi


JCh—2022 musobaqasi ikkinchi saralash bosqichining 4-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi safarda Singapurga qarshi o‘ynaydi.

15-oktabr kuni Vadim Abramov shogirdlari Singapurda mezbonlarga qarshi “Milliy stadion”da bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur o‘yinni Shen Yinhao boshchiligidagi xitoylik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari — Song Siangyun hamda Jang Cheng yordam beradi. Zaxira hakami — Jang Lei.

Eslatib o‘tamiz,  Yinhao 11-oktabrda bo‘lib o‘tgan Janubiy Koreya — O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqli uchrashuvini (3:1) ham boshqargan edi.

JCh—2022 saralashi

“D” guruhi

15-oktabr, 16:45

“Singapur Milliy stadioni”

Bosh hakam: Shen Yinhao (Xitoy)

Yordamchi hakamlar: Song Siangyun (Xitoy), Jang Cheng (Xitoy)

Zaxira hakami: Jang Lei (Xitoy)

Nazoratchi: Ala al Abadi (Iroq)

Komissar: Kanya Keomani (Laos)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют