» » “Avto oltmish oy” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Avto oltmish oy” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


UzAuto Motors kompaniyasining IIVga yo‘llagan murojaati yuzasidan Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, jamiyat mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) 1-qismi bilan jinoiy ish ochilgan.

Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzdan himoyalash va “Avto oltmish oy” mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyati shaffofligini o‘rganish maqsadida, moliya-xo‘jalik faoliyati hujjatli taftishni o‘tkazish yo‘li bilan tekshiriladi.

Ayni vaqtda “Avto oltmish oy” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh ofisi va viloyatlardagi filiallarida mavjud buxgalteriya hujjatlarini aniqlab olish maqsadida, tergov guruhlari tomonidan tintuv tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektining nazorat kirim-chiqim operatsiyalari nazoratga olinadi, lekin faoliyati to‘xtatib qo‘yilmasligi ta’kidlangan.

Taftish yakuniga ko‘ra mazkur jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlariga huquqiy baho berilib, jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют