» » Buxoroda GM Uzbekistan avtomobillarini lizing asosida olib berishni va’da qilib, 22 kishini laqillatgan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda GM Uzbekistan avtomobillarini lizing asosida olib berishni va’da qilib, 22 kishini laqillatgan firibgar qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar davomida Buxoroda firibgarlikni kasb qilib olgan fuqaroning qilmishlari fosh bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Muqaddam sudlangan Rustam Qo‘chqorov “Buhara biznes trans plyus”, “Real avto haus” va “Turon trans avto kredit” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarini tashkil qilgan.

Rustam Qo‘chqorov uchun odamlarni aldash qiyin kechmadi. U jinoiy sheriklari bilan til biriktirib, mashina sotib olish maqsadida murojaat qilgan 22 nafar fuqaro hamda tadbirkorlar bilan soxta shartnomalar tuzishga kirishib ketdi. Narx-navo kelishilib, shartnoma imzolangach, hujjatlarni yirtib tashlab, yo‘qotib yuboravergan.

U lizing asosida GM Uzbekistan AJda ishlab chiqarilgan yengil avtomashinalarni olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan katta miqdorda pullarni qo‘lga kiritdi. Ushbu pullarni jamiyatga kassasiga kirim ham qilmadi, bankka ham topshirmadi. Allaqachon axlat qutisiga tushgan shartnoma shartlari havoda muallaq qolib ketaverdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan aniqlangan ushbu holat yuzasidan Rustam Qo‘chqarov va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют