» » Bekobodda qurilish kompaniyasi rahbari bog‘cha ta’miri uchun ajratilgan pulga Chevrolet sotib oldi

Bekobodda qurilish kompaniyasi rahbari bog‘cha ta’miri uchun ajratilgan pulga Chevrolet sotib oldi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda “D.B.S” MChJ tomonidan Bekobod tumanidagi 29-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida shartnomada ko‘rsatilgan rekonstruksiya ishlari bajarilmagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shunday bo‘lsa-da, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Toshkent viloyati filiali tomonidan ushbu jamiyatga 2,4 milliard so‘m o‘tkazib berilib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

“D.B.S” MChJ rahbari tomonidan o‘zlashtirilgan budjet mablag‘lari hisobidan Chevrolet Lacetti rusumli avtomashina sotib olinib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan “D.B.S” MChJ rahbari X.R. “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent viloyati filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют