» » Bosh prokuratura: Xorazmda obunadan tushgan mablag‘lar talon-taroj qilingan

Bosh prokuratura: Xorazmda obunadan tushgan mablag‘lar talon-taroj qilingan


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “Matbuot tarqatuvchi” AK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshirishda “Matbuot tarqatuvchi” AK Xorazm viloyati sho‘’ba korxonasi direktori O.K. 2017—2018-yillarda obunachilar tomonidan to‘langan 1,3 milliard so‘mdan 562,3 million so‘mini o‘g‘li A.K. va qarindoshi S.Sh.ga qarashli MChJga o‘tkazib, talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu mablag‘lar evaziga Captiva, Lacetti, Nexia rusumli avtomashinalar hamda sho‘’ba korxona negizida tashkil etilgan Hazorasp bosmaxonasi balansida bo‘lgan haqiqiy bahosi 750,0 million so‘mlik bino va inshootlarni 16,7 million so‘mga sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirgan.

Tekshiruv davomida yetkazilgan zarardan 562,0 million so‘mi undirilishi ta’minlangan.

Xuddi shunday, “Matbuot tarqatuvchi” AK Xonqa filiali rahbari M.R. ham 2018-yilda obunachilar tomonidan to‘langan 365,5 million so‘mdan 214,0 million so‘mini qarindoshi Sh.A.ga tegishli bo‘lgan xususiy korxonaga o‘tkazib, ushbu mablag‘ evaziga Urganch shahridan turmush o‘rtog‘i A.A. nomiga uy sotib olgani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan O.K. va M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют