» » Toshkent viloyatida fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larini ajratish holati aniqlandi

Toshkent viloyatida fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larini ajratish holati aniqlandi


Toshkent viloyatining Bekobod tumanida fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda moliyaviy qo‘llab-quvatlash mablag‘larini ajratib, budjet mablag‘larini talon-taroj qilish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida, 2017-yilning noyabr-dekabr oylarida tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a’zolari 25 nafar fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda jami 237,7 million so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mablag‘larini budjetdan ajratib, ushbu mablag‘larni fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, budjet mablag‘larini talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют