» » Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida 319 mln somlik imtiyozli kredit mablaglari talon-taroj qilindi

Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida 319 mln somlik imtiyozli kredit mablaglari talon-taroj qilindi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bolimi xodimlari tomonidan, tuman prokuraturasi va Markaziy bank viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda AT Xalq banki Denov filialida Har bir oila tadbirkor davlat dasturi ijrosi ahvoli organib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Tekshirish jarayonida 12 nafar fuqarolarga issiqxona qurish uchun 319 million som imtiyozli kredit mablaglari ajratilganligi, bank tomonidan ushbu ajratilgan kredit mablaglarining maqsadli ishlatilganligi organilmaganligi natijasida, mijozlar tomonidan kreditlar maqsadsiz sarflanib yuborilgan bolsa-da, kreditlar maqsadli ishlatilayotganligi haqida monitoring dalolatnomalari rasmiylashtirilib, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta malumotlar kiritib, 319 million somlik imtiyozli kredit mablaglarini talon-toroj qilinishiga yol qoyilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT Xalq banki Denov filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari otkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2019, 20:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -