» » Bosh prokuratura Xalq bankining Kitob filialidan 11 kishiga 147 million som kredit noqonuniy ajratilganini aniqladi

Bosh prokuratura Xalq bankining Kitob filialidan 11 kishiga 147 million som kredit noqonuniy ajratilganini aniqladi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bolimi xodimlari tomonidan Har bir oila-tadbirkor davlat dasturi boyicha fuqarolarga Issiqxona qurish uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring otkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Monitoring natijasida tumanda tuzilgan ishchi guruh va bank xodimlari tomonidan kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning ehtiyojmandligi joyiga chiqib organilmasdan va kredit ajratilishiga oid hujjatlarning haqqoniyligi tekshirilmasdan kreditlar ajratilishi oqibatida, Issiqxona qurish uchun AT Xalq banki Kitob filialidan 11 nafar fuqarolarga 147 million som kredit mablaglari noqonuniy ajratilib, kreditlarning maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT Xalq banki Kitob filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari otkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-05-2019, 16:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -