» » Namanganda “Xalq banki” mansabdor shaxslari 400 mln so‘m zaxira pullarni talon-taroj qilgani aniqlandi

Namanganda “Xalq banki” mansabdor shaxslari 400 mln so‘m zaxira pullarni talon-taroj qilgani aniqlandi


Namanganda AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali mansabdor shaxslari 400 million so‘mdan ortiq zaxira pullarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda.

2018-yilning 16-iyul kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali mansabdor shaxslariga nisbatan o‘tkazilgan tergovoldi tekshiruv ishlari natijasida, AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali boshqaruvchisi B.A. o‘zining jinoiy sheriklari AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali bosh hisobchisi T.O. hamda AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali kassa mudiri O.E. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, AT “Xalq banki” Kosonsoy filiali kassasida mavjud bo‘lgan 409 mln. 866 ming 394,53 so‘m zaxira pullarini shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborib, mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish: juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют