» » Shavkat Mirziyoyev Bokuda Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev 15-oktabr, seshanba kuni Turkiy kengashning Bokudagi sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv avvalida Vengriya hukumati rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning kengashga qo‘shilgani bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tashkilot doirasida hamkorlikni rivojlantirish mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Amaliy hamkorlikka oid, avvalo qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat, farmatsevtika, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surishda ikki tomonlama hukumatlararo komissiyasining uchrashuvlarini muntazam tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Xalqaro ahamiyatga molik, jumladan, O‘zbekiston—Yevroittifoq yo‘nalishidagi sheriklikning dolzarb masalari ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют