» » Andijon viloyati ham paxta rejasini bajardi

Andijon viloyati ham paxta rejasini bajardi


Farg‘ona viloyati O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajargan edi. Andijon viloyati respublikada ikkinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi.

“Xalq so‘zi Online”ning xabar berishicha, viloyat paxtakorlari 16-oktabr holatiga ko‘ra, davlatga 240 ming 800 tonnadan ortiq paxta topshirgan.

“Viloyatning ulkan paxta xirmonini bunyod etishda Paxtaobod, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Oltinko‘l, Izboskan, Ulug‘nor va Marhamat tumanlari mehnatkashlarining xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tmoq kerak. — deydi viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat paxtakorlariga yo‘llagan tabrik matnida. — Ushbu tumanlar bugungi kunga qadar belgilangan shartnomaviy rejasini sharaf bilan ado etishda boshqa tumanlarga ibrat namunasini ko‘rsatdilar”.

Mavzuga doir: Andijon viloyatining Buloqboshi tumani mirishkorlariga avtomobillar sovg‘a qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют