» » Video: Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi

Video: Toshkentda Lacetti mingan ayol YPX xodimlaridan qochdi


Ijtimoiy tarmoqlarda oq Lacetti avtomobili YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmay, ulardan qochayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Hodisa Toshkentda yuz bergan, lekin aynan qachon bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Videoda avtomobillar orasidan otilib chiqib kelgan oq Lacetti’ning ortidan yo‘l-patrul xizmatining Lacetti’si quvlab kelayotgani, chorrahadagi YPX xodimi esa qo‘lidagi jezli bilan qochoq avtomobilni urishga uringanini ko‘rish mumkin.

Hodisa guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, YPX xodimlarining talablariga bo‘ysunmagan qochoq avtomobilning rulida ayol kishi bo‘lgan. Ushbu voqea yuzasidan vakolatli organlar hozircha biror axborot berganicha yo‘q, jumladan, Lacetti ushlanganmi yoki yo‘q — ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют