» » Messi Ronaldu va Raulning rekordini takrorladi

Messi Ronaldu va Raulning rekordini takrorladi


“Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida safarda “Slaviya” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda Kataloniya klubining ilk goliga Lionel Messi mualliflik qildi. Gracenote Live xabariga ko‘ra, “Slaviya” — Messi yevrokuboklar doirasida gol urgan 33-klub sifatida tarixga kirdi.

Natijada Leo Krishtianu Ronaldu va Raul qayd etgan rekordni takrorladi. Ikkala futbolchi ham avvalroq turli 33 xil klub darvozasini ishg‘ol qilishga ulgurgandi.

Shuningdek Opta’ning yozishicha, bu gol orqali Messi Chempionlar Ligasi tarixida ketma-ket 15 mavsum gol ura olgan ilk futbolchiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют