» » Messi Ronalduni ortda qoldirib, YChLda ikkita rekord qo‘ydi

Messi Ronalduni ortda qoldirib, YChLda ikkita rekord qo‘ydi


28-noyabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida “Barselona” jamoasi safarda “PSV Eyndxoven” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bellashuvda Lionel Messi hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Bu uning Chempionlar Ligasi guruh bosqichlaridagi 66-o‘yinidagi 66-goli sifatida tarixga kirdi. Natijada u Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Messi bir klub safida Chempionlar Ligasida gol urish borasida ham Ronaldudan o‘zib ketdi. Messi “Barselona” safida Chempionlar Ligasida 128 ta o‘yin o‘tkazib, 106 ta gol urishga erishdi.

Ronaldu esa “Real” safida 101 o‘yin o‘tkazib, 105 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo hamon musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu bo‘lib turibdi. Portugaliyalik hisobida 121 ta gol bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 10) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют