» » “Barselona” va Messiga atalgan Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turi haqida (statistika)

“Barselona” va Messiga atalgan Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turi haqida (statistika)


Kecha, 3-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida guruh bosqihining 2-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

“B” guruhi favoriti sifatida e‘tirof etilgan “Barselona” kecha Londonda “Tottenhem”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. “Barsa” safida Lionel Messi dublga erishgan bo‘lsa, Filippe Koutinyo hamda Ivan Rakitich ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Mazkur uchrashuvda “Barselona” futbolchilari e‘tiborga molik bir nechta ko‘rsatkichlarni qayd etdi:

— Pike Chempionlar Ligasida 100-o‘yinini o‘tkazgan 10-ispaniyalik futbolchi bo‘ldi;

— Messi faoliyatida ilk marta YChLning dastlabki 2-turida 5 ta gol urishga erishdi;

— Rakitichning goli “Barselona”ning YChL tarixidagi 600-si bo‘ldi. Musobaqa tarixida 600 lik marradan “Bavariya” (668) va “Real” (945) o‘tgan;

— Jordi Alba YChLda 6 yilda ilk marta bir o‘yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют