» » YChL. “Barselona” “Tottenhem”ni yengdi, Messidan dubl. “Liverpul” “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi

YChL. “Barselona” “Tottenhem”ni yengdi, Messidan dubl. “Liverpul” “Napoli”ga yutqazib qo‘ydi


3-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.

“A” guruhidagi “Borussiya D” o‘z uyida “Monako”ni mehmon qilib, 3:0 hisobida g‘alabani tantana qildi. Ikkinchi o‘yinda esa “Atletiko” Madridda Belgiyaning “Bryugge” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“B” guruhida guruhdan chiqish uchun kurashayotgan Milanning “Inter” jamoasi safarda PSVga qarshi kurash olib borib, 1:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Guruh favoriti “Barselona” Londonda “Tottenhem”ga qarshi maydonga tushib, 2:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Leo Messi Londonda o‘tgan o‘yinda dublga erishdi.

“C” guruhidan joy olgan PSJ bugun Parijda “Srvena Zvezda”ni qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozongani haqida avvalroq xabar berilgandi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Liverpul” klubi esa “Napoli” bilan kurash olib borib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona gol 90-daqiqada Lorenso Insinye hisobiga yozildi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

3-oktabr, chorshanba

2-tur bellashuvlari

“A” guruhi

Gollar: 1:0 – 51 Bruun Larsen, 2:0 – 72 Pako Alkaser, 3:0 – 90 Roys.

Gollar: 1:0 – 28 Grizmann, 1:1 – 39 Danjuma, 2:1 – 67 Grizmann, 3:1 – 90 Koke.

“B” guruhi

Gollar: 1:0 – 27 Rosario, 1:1 – 44 Nainggolan, 1:2 – 60 Ikardi.

Gollar: 0:1 – 2 Koutinyo, 0:2 – 28 Rakitich, 1:2 – 52 Keyn, 1:3 – 56 Messi, 2:3 –66 Lamela, 2:4 – 90 Messi.

“C” guruhi

Gollar: 1:0 – 20 Neymar, 2:0 – 22 Neymar, 3:0 – 37 Kavani, 4:0 – 41 Di Mariya, 5:0 – 70 Mbappe, 5:1 – 74 Marin, 6:1 – 81 Neymar.

Gol: 1:0 – 90 Insinye.

“D” guruhi

Gol: 0:1– 88 Makkenni.

Gol: 1:0 – 49 Marega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют