» » “Liverpul” “Barselona” o‘rnatgan rekordni ham yangilashga erishdi

“Liverpul” “Barselona” o‘rnatgan rekordni ham yangilashga erishdi


Avval xabar berilganidek, kecha, 2-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ammo bu g‘alaba rimliklarning finalga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi. Birinchi o‘yindagi 2:5 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli “Roma” musobaqadagi ishtirokini yakunladi. “Liverpul” esa finalda “Real”ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu mavsum “mersisayd” jamoasi klublar o‘rtasidagi Yevropaning nufuzi jihatidan 1-o‘rinda turadigan musobaqasida gol urish borasida sermahsullik ko‘rsatdi. “Liverpul” Yevropa Chempionlar Ligasida bir mavsum davomida urilgan gollar soni bo‘yicha “Barselona” o‘rnatgan rekordni yangiladi.

“Roma” bilan kechgan javob bahsining 25-daqiqasida jamoasining ikkinchi golini urgan Jorjino Veynaldum “Liverpul” uchun musobaqadagi so‘nggi 14 o‘yinda kiritilgan 46-golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu natija nafaqat Yevropa Chempionlar Ligasi, balki barcha Yevrokuboklar o‘rtasida ham rekord natija sifatida tarixga kirdi.

Bungacha sermahsullik borasidagi rekord “Barselona”ga tegishli bo‘lib, klub Chempionlar Ligasining 1999/2000-yilgi mavsumning 16 o‘yinda 45 ta gol kiritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют