» » “Liverpul” finalga chiqdi, Saloh, Firmino, Mane triosi esa “Real” uchligi o‘rnatgan rekordni yangiladi

“Liverpul” finalga chiqdi, Saloh, Firmino, Mane triosi esa “Real” uchligi o‘rnatgan rekordni yangiladi


Kecha, 2-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ammo bu g‘alaba rimliklarning finalga chiqishi uchun yetarli bo‘lmadi. Birinchi o‘yindagi 2:5 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli “Roma” musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Kechagi o‘yinda hisobni ochuvchi golga mualliflik qilgan “Liverpul” a’zosi Sadio Mane uchun bu gol YeChLning amaldagi mavsumida to‘qqizinchisi bo‘ldi.

Ayni damda uning jamoadoshlari — Roberto Firmino va Muhammad Salohda esa o‘ntadan gol mavjud. Shu tariqa bir mavsumning o‘zida 29 ta gol bilan “Liverpul” triosi sermahsullik bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalgi rekord “Real” triosi — Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Garet Beylga tegishli edi. Bu uchlik 2013/2014-yilgi mavsumda 28 ta gol urishga erishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют