Krishtianu “Santyago Bernabeu” va Chempionlar ligasida hukmronlik o‘rnatdi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu rekord ketidan rekord o‘rnatishda davom etmoqda.
Chempionlar ligasining “Bavariya”ga qarshi birinchi o‘yinida dubl qayd etgan Ronaldu Yevrokuboklarda 100 ta gol urgan ilk futbolchiga aylanib olgandi. Javob o‘yinidagi xet-trigi bilan u endilikda Chempionlar ligasining o‘zini ham ishg‘ol qildi.
Ronaldu mazkur musobaqada birinchi bo‘lib 100 ta gol urdi. Ayni paytda uning hisobida 101 ta gol mavjud. Uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi esa 94 ta gol bilan ikkinchi bo‘lib turibdi.
Krishtianu, shuningdek, “Santyago Bernabeu” stadionida gol urish borasida ham yetakchi bo‘lib oldi. “Qirollik klubi”ning afsonaviy hujumchisi Alfredo Di Stefano “Real”ning uy stadionida 210 ta gol urishga erishgandi. “Bavariya”ga qarshi o‘yindan keyin Ronaldu “Satyago Bernabeu”dagi gollari sonini 211 taga yetkazib oldi.
Добавить комментарий!
