» » Krishtianu Ronaldu “Bavariya” darvozasiga umumiy 5 ta gol urdi. “Real” yarim finalda

Krishtianu Ronaldu “Bavariya” darvozasiga umumiy 5 ta gol urdi. “Real” yarim finalda


Xosep Gvardiola boshqaruvida Yevropa Chempionlar ligasining yarim finalida qatorasiga uch yil to‘p surgan Myunxenning “Bavariya” klubi bu safar chorak finalda qolib ketdi.

Karlo Anchelotti boshchilik qilayotgan klub chorak finalning ilk o‘yinida “Real”dan 1:2 hisobida yengilgandi. Tomonlarning Madriddagi to‘qnashuvida Bundesliga klubi xuddi shu hisobida muvaffaqiyat qozondi — 2:1. Mezbonlardan Krishtianu Ronaldu 1 ta gol urgan bo‘lsa, Serxio Ramos o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Robert Levandovski penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa hakam 15 daqiqadan ikki qo‘shimcha taym belgilashga majbur bo‘ldi. Bunda “Qirollik klubi” son jihatdan ko‘proq edi. Chunki 84-daqiqaga kelib Arturo Vidal maydondan chetlatilgandi.

Sondagi ustunlik “Real”ga qo‘l keldi. Qo‘shimcha daqiqalarda Krishtianu Ronaldu yana 2 ta gol urishga erishdi. U Germaniyada dubl qayd etgani inobatga olinsa, “Bavariya” darvozasini ikki o‘yinda besh bor ishg‘ol qila oldi. Qo‘shimchasiga, Marko Asensio ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi — 4:2.

Zinedin Zidan o‘zining murabbiylikdagi ustozlaridan biri bo‘lgan Karlo Anchelottini musobaqadan chiqarib yubordi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Chorak final
18-aprel, seshanba

Gollar: Robert Levandovski, 53-pen (0:1). Krishtianu Ronaldu, 76 (1:1). Serxio Ramos, 77-avt (1:2). Krishtianu Ronaldu, 105 (2:2). Krishtianu Ronaldu, 109 (3:2). Marko Asensio, 112 (4:2).
Chetlatish: Arturo Vidal, 84 (B).
Birinchi o‘yin: 2:1

Опубликовано: admin (19-04-2017, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют