» » 10 yildan buyon bir mavsumda 25 tadan ko‘p gol uradigan Krishtianu Ronaldu qaylig‘i bilan qizil chiroqdan o‘tib ketdi

10 yildan buyon bir mavsumda 25 tadan ko‘p gol uradigan Krishtianu Ronaldu qaylig‘i bilan qizil chiroqdan o‘tib ketdi


Ispaniya La ligasining 25-turida Krishtianu Ronaldu qahramonlik ko‘rsatdi. “Real” maydonda bir kishi kam harakat qilayotgandi. Ronaldu avvaliga penaltini aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi, keyiroq esa boshi bilan gol urib, jamoasini so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Ronaldu har mavsum 25 tadan ko‘p gol uradi va bu holat mana 10 yildirki kuzatiladi. “Las-Palmas” darvozasiga kiritilgan gollardan keyin portugaliyalik hujumchining shu mavsumdagi gollari ham 25 taga yetdi, albatta, barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda.

Faqatgina shu emas. Krishtianu Ronaldu “Real” tarixidagi 8000-golni urgan futbolchi edi. To‘qqiz yil ichida u 9000-golni ham o‘zi ura oldi. Mana shu vaqt ichida “Qirollik klubi” mingdan ziyod gol urgani e’tiborga molik. Yubiley gollar esa eng yaxshi to‘purarga nasib qildi.

“Las-Palmas”ga qarshi o‘yindan keyin Krishtianu Ronaldu qaylig‘i Jorjina Rodriges bilan Audi avtomobilida stadiondan chiqib keldi va birozdan so‘ng svetaforning qizil chirog‘idan o‘tib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Bu paytda patrul xizmati yo‘lni tartibga keltirish ishlari bilan band endi.

“Real”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan 2 ta gol, 8000 va 9000 otliq yubiley raqamlar, har yili 25 tadan ko‘p gol, ko‘pchilik orzu qiladigan mashina, undagi go‘zal qiz hamda millionlab pullar. Bularning hammasi futbolchiga qizil chiroqdan o‘tib ketish uchun imkoniyat berishi mumkin chog‘i.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют