» » Model Irina Sheyk Krishtianu Ronaldudan ko‘p farzand xohlashini ma’lum qildi

Model Irina Sheyk Krishtianu Ronaldudan ko‘p farzand xohlashini ma’lum qildi

Model Irina Sheyk Krishtianu Ronaldudan ko‘p farzand xohlashini ma’lum qildi

Bundan to‘rt yil muqaddam mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrasha boshlagan Irina Shayxlislamova hozirgi kunga qadar eng taniqli rus ayollaridan biriga aylandi. Aynan shu e’tibor yordamida Irina katta kinoda o‘zini sinab ko‘rib, "Gerakl” filmida bosh qahramonning ayoli rolini ijro etdi. Bu haqda "Segodnya” xabar bermoqda.

"Sobesednik” nashrida qayd etilishicha, model Irina Sheyk shaxsiy hayotini sir tutayotganligiga qaramay, farzand ko‘rish va aktrisalik faoliyatini davom ettirish haqida o‘ylay boshlaganini ma’lum qildi.

"Men o‘zimni ko‘plab bolalar qurshovida tasavvur qilaman. Ish haqida to‘xtalsam, moda men ochishni istagan deyarli barcha soha eshiklarini ochib beradi. Shuning uchun ham men o‘zimni osonlik bilan teleboshlovchi yoki liboslar dizayneri sifatida tasavvur qila olaman.

‘Gerakl’ filmida suratga tushib, kino virusini yuqtirib oldim, biroq biz ertasi kuniyoq aktrisa bo‘lib qolmaymiz. Bu lotereya o‘ynash bilan teng: bu safar men katta yutuqni qo‘lga kiritdim, biroq bu holat takrorlanishini kutishda davom etish kerak emas.

Ronaldu baxtli va men bilan faxrlanadi. Biz tanishganimizdan buyon bir-birimizni qo‘llab kelmoqdamiz. Biroq munosabatlarimizni ko‘z-ko‘z qilmaslikka harakat qilyapmiz”, — dedi model.

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (10-10-2014, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют