» » NTT oilaviy telekanali “Sevimli” nomi bilan qaytishi haqida xabar berildi

NTT oilaviy telekanali “Sevimli” nomi bilan qaytishi haqida xabar berildi

NTT oilaviy telekanali “Sevimli” nomi bilan qaytishi haqida xabar berildi

 

2013-yil oktabrida "texnik sabablar”ga ko‘ra efirga chiqmay qo‘ygan NTT oilaviy telekanali "Sevimli” nomi bilan qaytadigan bo‘ldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bergan ma’lumotga tayanib, Kun xabar bermoqda.

Telekanal qachondan efirga chiqishi ma’lum qilinmagan. Avvalroq, 2014-yilning mart oyida telekanalning boshqa nom bilan qaytishi aytilgan, biroq yangi nom e’lon qilinmagan edi.

Keyinroq, may oyida "ancha murakkab kechgan ruxsat olish jarayonidan” so‘ng, "mashhurlar bilan reklama roliklari suratga olish ishlari ketayotgani” haqida xabar berildi.

Qayd etish joiz, 2014-yil aprelida NTT telekanalining "Hudud” informatsion dasturi viloyatlarning xususiy telekanallarida efirga chiqishni boshlagani ma’lum qilingan.

 

 

 

 

Daryo.uz

Опубликовано: MusTanG (11-08-2014, 22:57)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют