» » Saudiya Arabistoni televideniyesida ayol jurnalistning ro‘molsiz efirga chiqishi mojaroga sabab bo‘ldi

Saudiya Arabistoni televideniyesida ayol jurnalistning ro‘molsiz efirga chiqishi mojaroga sabab bo‘ldi

Saudiya Arabistoni televideniyesida ayol jurnalistning ro‘molsiz efirga chiqishi mojaroga sabab bo‘ldi

Saudiya Arabistoni televideniyesida diktor ayolning efirga ro‘molsiz chiqishi islom davlatida katta mojaroga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Avvallari kliplarda hijob o‘rab chiqqan ayol "Al-Ehbariya” telekanalida Londondan turib ro‘molsiz xabar o‘qiyotgan holda namoyish etildi.

Saudiya Arabistoni radio va televideniyesi matbuot kotibi Solih al-Muhaylif ayolning Britaniyadagi studiyada yangilik o‘qiyotganini aytib, "U mamlakat ichidagi studiyada emas. Biz bu bilan qadriyatlarimiz va davlat tizimiga nisbatan hech qanday jinoyatga yo‘l qo‘ymayapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa ro‘molsiz chiqqan ayol haqida turli izohlar tarqalib ketdi. Ularning ayrimlari ayolni ayblamoqda, deyiladi Gulf News ma’lumotida. Ba’zi foydalanuvchilar esa bu voqeani ayollar huquqlari kengayishining isboti sifatida qabul qilgan.

Qayd etilishicha, avval mamlakat ayollari davlat nazoratidagi kanallar ko‘rsatuvlarida ba’zan bosh kiyimsiz paydo bo‘lgan, biroq yangiliklarni ro‘molsiz o‘qimagan.

Ma’lumot uchun, ayollar shirk keltirish, dinidan qaytish, zino va folbinlik uchun darra urish, osish va hatto boshini tanasidan judo qilish orqali jazolanadi. Shuningdek, mamlakatda ayollarning avtomobil haydashi taqiqlangan. Saudiyalik ayollar kiyinish va xulq-atvorida ham diniy qoidalarga rioya qilishga majburdir.

Biroq hozirda jamiyat ayollar huquqini oshirish borasida guruhlarga ajralgan. Jumladan, Mehnat vazirligi konservativ guruhlardan farqli ravishda ayollarni xususiy sohalarga ko‘proq jalb etishni taklif qilmoqda.

Mamlakat qiroli Abdulla Bin Abdulaziz esa maslahat organi hisoblangan Sho‘ro kengashiga 30 nafar ayolni qabul qilgan.

 

Daryo.uz

 

 

Опубликовано: MusTanG (7-08-2014, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют