WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Serxio Aguero YChLning ketma-ket 6 ta safar o‘yinida gol urdi, undan oldinda faqat Ronaldu bor
Serxio Aguero YChLning ketma-ket 6 ta safar o‘yinida gol urdi, undan oldinda faqat Ronaldu bor
27-noyabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 5-turi doirasida “Manchester Siti” jamoasi safarda “Lion” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
O‘yinning 83-daqiqasida Serxio Aguero “Siti”ga bir ochko taqdim etgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa Aguero Chempionlar Ligasida ketma-ket 6 ta safar o‘yinida gol kiritdi. Serxio safarda o‘yinlarda gol urish borasida (seriya) faqat Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda. Ronaldu o‘z vaqtida musobaqaning 12 ta safar o‘yinida ketma-ket gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?
КТО НА САЙТЕ?
(
14)
(
0)
(
13)
(
1)





- отсутствуют
